Toshkent shahrida jamoat transportiga qo‘shimcha avtobuslar qo‘yiladi
Davlat rahbariga shahar ko‘chalarida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash rejalari taqdimot qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 18-avtobus saroyida bo‘ldi.
«Jamoat transporti tizimi rivojlangani shahar hayotining eng muhim jihatlaridan biri. Lekin Toshkent shahrida bu soha hozirgi o‘zgarishlardan orqada qolmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda ko‘plab turar joylar qurildi, aholi soni oshdi, shahar hududi ham kengaydi. Poytaxtimizda kuniga 1 million 300 ming yo‘lovchi jamoat transportidan foydalanmoqda.
Bu talabga javob berish uchun «Toshshahartransxizmat» tizimida avtobuslar yetishmayapti. Borlarining ham ko‘pi eskirgan. Shu sababli yo‘nalishlarga rejaga nisbatan 90-100 ta avtobus kam chiqmoqda. Ko‘chalarda jamoat transporti ustuvorligi yo‘lga qo‘yilmagan. Bularning oqibatida yo‘lovchilar avtobuslarni 20-30 daqiqagacha kutishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Davlatimiz rahbari bu holatni keskin tanqid qilib, ayniqsa, hozirgidek sovuq kunlarda bunga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Shu bois kuchaytirilgan tartibda ishlab, eng og‘ir yo‘nalishlarga qisqa muddatda qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Buning uchun xususiy korxonalar avtobuslari ham jalb etiladi. Ularga xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya beriladi. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari avtobuslar qatnoviga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
Qatnovlar tezkorligi va xizmat sifatini ta’minlash, haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha ham ko‘rsatma berildi.
Shu yerda Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish masalalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Qayd etilganidek, bu yil 277 ta avtobus va elektrobus xarid qilinib, qatnovga qo‘yildi. Avtobuslar harakati va to‘lovlar tizimi raqamlashtirildi.
Bugungi kunda «Toshshahartransxizmat» tizimida 142 ta yo‘nalish bor. Yo‘lovchilar oqimining ko‘payish prognozidan kelib chiqib, jamoat transportining 167 ta yo‘nalishdan iborat yangi tarmog‘i shakllantirilgan. Bu yo‘nalishlarni ta’minlash va Toshkent shahrida jamoat transportiga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish uchun yana 1000 ta katta sig‘imli avtobus zarur. Bu orqali avtobuslarning oraliq intervalini 7-10 daqiqagacha qisqartirish mumkin.
Prezident avtobus saroyidagi transportlarni ko‘zdan kechirdi. Ushbu korxona 22 ta yo‘nalish bo‘yicha kuniga 74 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bank of Georgia rossiyaliklarning lyuks do‘konlardagi xaridlarini chekladi
Jahon | 14:36
-
Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 14:35
-
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
Jahon | 14:23
-
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
Jahon | 14:20
Mavzuga oid

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

07:39 / 08.05.2025
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi

20:33 / 01.05.2025