Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosi buzilishiga oid xabarni rad etdi
Toshkent shahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid xabarlar soxta ekani bo‘yicha bayonot berdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda avvalgidek poytaxtdagi obektlar buzilishiga doir turli taxminlar va soxta ma'lumotlar tarqalishda davom etmoqda. So‘nggi mish-mishlardan biri - Darxon nomi bilan tanilgan hududda (Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik prospekti) joylashgan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid. Eng avvalo Toshkent shahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi rasman shuni ma'lum qiladiki, mazkur tarixiy binoning buzilishi hech qachon rejalashtirilmagan", - deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, poytaxt ma'muriyati o‘zbekistonliklarni o‘z vaqtlarini turli mish-mishlar tarqatishga sarflamaslikka chaqirdi. Mavjud savollar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining +712100163 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi qo‘shimcha qilingan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026