Past Darg‘omda MIBga to‘sqinlik qilganlarga qonuniy jazo beriladi, yetkazilgan zarar undiriladi
Past Darg‘om tuman obodonlashtirish direksiyasiga qarashli sement mahsulotlarini qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichsiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi hamda MIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga qarshilik qilganligi holati bo‘yicha Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati rasmiy bayonoti e'lon qilindi.
«Past Darg‘om tuman obodonlashtirish direksiyasiga qarashli sement mahsulotlarini qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichsiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi hamda MIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga qarshilik qilganligi holati Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati, MIB viloyat boshqarmasi, viloyat elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari va Kun.uz nashri muxbirlari ishtirokida joyida atroflicha o‘rganib chiqildi. Shuningdek, o‘rganish jarayonida tuman prokuraturasi hamda boshqa mas'ul idora va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.
O‘rganish davomida Past Darg‘om tuman obodonlashtirish direksiyasiga qarashli sement mahsulotlarini qayta ishlash zavodi tomonidan Past Darg‘om tuman elektr ta'minoti korxonasiga jami 56 986 364 (ellik olti million to‘qqiz yuz sakson olti ming uch yuz oltmish to‘rt) so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi.
MIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga qarshilik ko‘rsatilgani yuzasidan Past Darg‘om tuman prokuraturasi tomonidan 15/2902-19-sonli tergovga qadar tekshiruv materiallari yig‘ilib, holat bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi Mardiyev Asror Abdug‘aniyevichga hamda tuman obodonlashtirish direksiyasiga qarashli bo‘lgan sement mahsulotlarini qayta ishlash zavodining texnologiyalarni ishga tushirish bilan norasmiy shug‘ullanib kelgan yollanma ishchi Annabazarov Ramshid Aliqulovichlarga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo‘llash bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Ushbu ish ko‘rib chiqish uchun Kattaqo‘rg‘on shahar ma'muriy sudiga yuborildi.
Boshqaruv va nazoratda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun Past Darg‘om tuman obodonlashtirish direksiyasi boshlig‘i Aymamatov Shuxrat Uralovichga tuman hokimining 2019 yil 9 dekabrdagi 417-FK-sonli farmoyishiga ko‘ra intizomiy jazo (hayfsan) qo‘llanildi».
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz saytida «Past Darg‘omda korxona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan: MIBga hokimlik vakillari to‘sqinlik qilishdi» sarlavhasi ostida mazkur voqea tafsilotlariga bag‘ishlangan surishtiruv e'lon qilingan edi.
Avvalroq MIB Past Darg‘om tuman bo‘limi boshlig‘ining vazifasidan ozod etilganligi holati bo‘yicha Samarqand viloyat MIB axborot xizmati tomonidan rasmiy munosabat ham e'lon qilindi.
Mavzuga oid
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
23:03 / 08.11.2024
Samarqandda uyda tayyorlangan konserva mahsulotlaridan yegan bir oilaning 4 a’zosi zaharlandi
07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
20:55 / 02.11.2024