Davlat amaldorlariga biznes bilan shug‘ullanishni taqiqlash taklifi inobatga olinmadi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha prezident qarori imzolandi. Qaror loyihasida bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanishi qat'iyan taqiqlanadigan mansabdorlar ro‘yxatini belgilash haqidagi band hujjatdan chiqarib yuborilgan.

6 iyul kuni prezident “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror loyihasi 23 iyunda muhokamaga chiqarilgan edi. Kun.uz loyiha asosida davlat amaldorlariga biznes bilan shug‘ullanish qat'iyan taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Ma'lum bo‘lishicha, hujjatning imzolangan talqinidan shu qismi chiqarib yuborilgan.
Qaror loyihasining 2-bandida “tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qat'iyan taqiqlangan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining ro‘yxatini belgilash” nazarda tutilgandi. Imzolangan rasmiy hujjatdan bu qism o‘rin olmagan.
Loyihaning 2-bandida, shuningdek, “davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishni cheklash” ham ko‘zda tutilgandi. Bu taklif yakunda “davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etganligining huquqiy oqibatlarini belgilash”ga almashtirilgan.
Tegishli qonun loyihasini mas'ul vazirlik va idoralar ishlab chiqib, 2021 yil 1 oktyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Qonun loyihasida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi nazarda tutiladi.
Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni imzolangan farmonga asosan, davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiyalash 2022 yil 1 yanvardan boshlanadi. Deklaratsiya topshiradiganlar doirasiga davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

22:15 / 12.03.2025
Malibu'dan Tahoe'gacha – amaldorlarning “inomarka”lari qanday avtomobilga almashdi?

16:34 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda

13:45 / 07.01.2025