Özbekistonda davlat xaridlari va manfaatlar töqnaşuviga oid yangi normalar qonunçilikka kiritilişi kutilmoqda.
Bu – 23 iyun kuni e'lon qilingan prezident farmoni va qarori loyihalarida közda tutilgan
Unga köra, 2022 yil 1 yanvarga qadar “Manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş töğrisida”gi qonun işlab çiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Xuddi şu muddatda hukumatga kiritiladigan boşqa bir qonun loyihasida esa davlat xaridlari, soliq imtiyozlari, yer ajratiş, davlat aktivlarini xususiylaştiriş sohalarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganlik uçun javobgarlik belgilaş nazarda tutiladi.
2021 yil 1 oktyabrga qadar, quyidagilarga oid takliflar Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi:
- tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qat'iyan taqiqlangan davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari va xodimlari röyxati;
- korrupsiyaga, şu jumladan manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan holda tuzilgan şartnomalarni haqiqiy emas deb topiş;
- davlat xizmatçilarining tadbirkorlik faoliyatida iştirok etişini çeklaş.
Davlat xaridlari portalida manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq xavflarning oldini oliş böyiça quyidagi ma'lumotlarni qayta işlovçi avtomatlaştirilgan tizimni işga tuşiriş möljallanmoqda:
- qatnaşçining davlat xaridlaridagi iştiroki tarixi (mahsulot, xizmat yetkazib beruvçining ilgari iştirok etgan tanlovlari, bajargan işlari);
- qatnaşçining benefitsiarlari haqidagi ma'lumotlar;
- buyurtmaçi va iştirokçi örtasidagi ehtimoliy boğliqliklar (qarindoşlik, birga ta'lim olganlik, mehnat faoliyati yoki biznes aloqalari va boşqalar haqidagi ma'lumotlar).
Avtomatlaştirilgan tizim orqali manfaatlar töqnaşuvi aniqlangan hollarda, xarid jarayoniga













