Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Termiz yo‘nalishiga tezyurar poyezdlar qo‘yiladi
Yig‘ilishda Surxondaryoda yo‘l infratuzilmasini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlar olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatida yo‘l va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Ikki yil oldin Osiyo taraqqiyot banki bilan 183 mln dollar hisobidan Boysun va Denovni bog‘lovchi yo‘lning 111 kilometr qismini sement-beton qoplamaga o‘tkazish loyihasi boshlangani, bu yo‘l ishga tushsa, yuk hajmi 2 karra oshishi, tashish vaqti 3 soatdan 1,5 soatga qisqarishi ma’lum qilingan.
Prezident O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometrli magistral yo‘l qariyb 30 yildan beri kapital ta’mirlanmaganini ta’kidladi. Mutasaddilarga qurilish ishlarini uch oy ichida boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilishda temiryo‘l qatnoviga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirda Toshkent – Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi 14 soatdan ko‘p vaqt yuradi. Koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
«Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on» uchastkasini tezyurar poyezdga moslash bo‘yicha loyihani shu yil boshlash, 103 kilometr bo‘lgan «Qumqo‘rg‘on – Quduqli» temiryo‘lini elektrlashtirish ishlariga kirishish topshirildi.
Bundan tashqari, Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilandi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yo‘nalishlarga qo‘yish topshirildi.
Yil oxirigacha Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkaziladi. Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib borish loyihasi boshlanadi.
Mavzuga oid
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini “zamhokim” bergani tasdiqlandi
10:02 / 28.02.2026
Surxondaryoda prezident bilan uchrashgan o‘quvchi TerDUga grant asosida qabul qilinadi
14:27 / 27.02.2026