Jahon | 11:13 / 12.05.2018
9259
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Savchenko tomonidan rejalashtirilgan terakt haqida yangi ma'lumot berildi

Foto: RIA «Novosti»

Oliy radada deputat Nadejda Savchenko va «Ofitserskiy korpus» asirlarni ozod etish markazi rahbari Vladimir Ruban tomonidan sodir etilishi rejalashtirilgan terakt mutaxassislar tomonidan maxsus poligonda tiklandi. Bu haqda mamlakat bosh harbiy prokurori Anatoliy Matios Radio NV efirida aytib o‘tdi.

«Kecha biz hodisalarni tiklash bo‘yicha maxsus ekspertlik ishini amalga oshirdik. Shuni aytishim mumkinki, gumonlanuvchi Ruban va gumonlanuvchi Savchenko tomonidan olib kelingan minomyotlar, dastlab minomyotlardan alohida tarzda olib kelingan minalar kecha poligonda rejalashtirilgan trayektoriyada sinovdan o‘tkazildi», - deya aytib o‘tdi Matios.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oliy radani Kiyevdagi Truxanov oroli hududidan o‘qqa tutish modeli ham yaratilgan.

«Xullas, bu ishlatishga yaroqli minomyotlar bo‘lgan, ulardan o‘t ochish va kerakli joyni nishonga olishda foydalanish mumkin», - deya xulosa qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nadejda Savchenko advokatlar xizmatidan bosh tortgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid