O‘zbekiston | 11:24 / 24.08.2020
5091
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimi takomillashtiriladi

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish mo‘ljallanmoqda.

Foto: Flickr

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014 yil 18 avgustdagi 235 son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi 2020 yil 1 oktyabrgacha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlaydi.

Belgilab qo‘yilishicha, tasdiqlangan Nizomga muvofiq aniqlangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yer solig‘ini hisoblab chiqarish 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning yer solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza to‘g‘risidagi ma'lumotlarning to‘g‘riligi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid