Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq MXX markaziy binosi bir oy ichida sotiladi
Toshkent markazidagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan, Davlat xavfsizlik xizmati (sobiq MXX)ga tegishli bo‘lgan bino birinchi yarim yillik oxiriga qadar sotiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov ma'lum qildi.
«Joriy yilning birinchi yarim yilligi so‘ngiga qadar 550 dan ortiq davlat aktivlari, xususan, «Poytaxt» biznes-markazi, «Malika» savdo majmuasi, «Ichan qal'a» mehmonxonalari va Toshkent markazidagi ma'muriy bino (sobiq MXX binosi) kabi yirik mol-mulklar sotilishi kutilmoqda», – dedi Ortiqov 27 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro xususiylashtirish forumidagi nutqida.
Eslatib o‘tamiz, DXX Markaziy apparati 2018 yilda mazkur binodan ko‘chib chiqqan edi. 20 219 kv.m. maydonga ega obekt 2020 yil oktyabrdagi prezident qarori asosida sotuvga qo‘yilgan.
Avvalroq, Davavtiv sobiq MXX binosini sotib olish bo‘yicha 3ta taklif kelib tushganini ma'lum qilgandi.
Binoning bo‘lg‘usi egalariga ushbu obektdan ofis, savdo, savdo-ko‘ngilochar, madaniy-hordiq, sport, turistik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish maqsadida foydalanish talabi qo‘yiladi.
Mavzuga oid
20:45 / 15.05.2026
Qurilish vazirligi binosi 196 mlrd so‘mga sotildi. Bu dastlabki xususiylashtirishdan 14 mlrd so‘mga yuqori narx
12:32 / 13.05.2026
IPO yakunlari: Milliy investitsiya jamg‘armasining 31 foizi 603,6 mln dollarga sotildi
18:41 / 14.04.2026
Bo‘lib to‘lashga sotilgan obektlar bo‘yicha ustama hisoblash to‘xtatiladi
18:25 / 14.04.2026