2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi milodiy 2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
Bu yilgi zakot nisobi 35 700 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz ming) so‘m deb belgilandi.
Shunga ko‘ra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 35,7 million so‘m va undan ortiq mablag‘ga yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega bo‘lgan kishi jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.
Shuningdek, fitr sadaqasi miqdori
- bug‘doydan 2 kg — 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
- arpadan 4 kg — 20 000 (yigirma ming) so‘m;
- mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) so‘m;
- xurmodan 4 kg — 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.
Fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasi yoki fidya miqdorini bersa kifoya qiladi.
Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.
Mavzuga oid
18:19 / 07.03.2024
2024 yil uchun zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdori e’lon qilindi
11:20 / 25.04.2022
Zakot hisoblash bo‘yicha onlayn kalkulyator ishga tushdi
14:32 / 01.04.2022
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
16:11 / 21.10.2021