Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi milodiy 2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

Bu yilgi zakot nisobi 35 700 000 (öttiz beş million yetti yuz ming) söm deb belgilandi.

Şunga köra, zarur ehtiyojdan taşqari bir yil davomida 35,7 million söm va undan ortiq mablağga yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega bölgan kişi jami mablağining qirqdan biri (2,5 foizi)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambağal va faqirlarga beradi.

Şuningdek, fitr sadaqasi miqdori

  • buğdoydan 2 kg — 12 000 (ön ikki ming) söm;
  • arpadan 4 kg — 20 000 (yigirma ming) söm;
  • mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) söm;
  • xurmodan 4 kg — 180 000 (bir yuz sakson ming) söm deb belgilandi.

Fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil böladi.

Har kim öz imkoniyatiga qarab, uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasi yoki fidya miqdorini bersa kifoya qiladi.

Mazkur qiymatlar Toşkent şahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat öz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.