Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand xalqaro aeroportiga kirishda Cobalt YTHga uchradi
Mashina haydovchisi juda katta tezlikda aeroportga kirishdagi shlagbaumni buzib o‘tib, daraxtlarga borib urilgan. Orada u yo‘ldagi skuterni ham urib yuborgan.
Foto: Videodan kadr
Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasi — aeroport hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan viloyat YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Hodisa 3 sentabr kuni soat 01:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Cobalt haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib rul boshqaruvini yo‘qotgan. So‘ngra yo‘lda ketayotgan skuterni urib yuborib, aeroport kirish qismidagi avtomatik to‘siqqa borib urilgan.
Hodisa oqibatida skuter haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga murojaat qilgan.
Kun.uz'ga kelib tushgan avariyadan keyingi videolarda Cobalt haydovchisi ekanligi aytilayotgan erkak YPX xodimlari bilan muloqotda o‘zini juda g‘ayritabiiy holda tutgani ko‘rinadi.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025