Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar bevosita to‘lagan soliqlar qaysi sohalarga sarflangani ochiqlanadi
2026 yildan boshlab, jismoniy shaxslar to‘lagan daromad solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan tushumlar qaysi yo‘nalishlarda sarflangani haqida ma’lumot berib boriladi. Qayd etish lozim, bu uch turdagi soliqlardan tushumlar – konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlarining 12 foizini tashkil etadi.
Foto: Kun.uz
“Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Ochiq budjet” portalida (openbudget.uz) “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli ishga tushiriladi. Bunda:
- jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot;
- to‘langan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarajatlar yo‘nalishlari kesimida) doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning birinchi yarim yilligida davlat budjeti daromadlari 144,2 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 20 foizi (yoki konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlarining 11,9 foizi) ushbu qarorda nazarda tutilgan uch turdagi soliq tushumlariga to‘g‘ri keladi:
- 19,9 trln – jismoniy shaxslardan olingan daromad solig‘i;
- 4,8 trln – yer solig‘i;
- 4,1 trln – mol-mulk solig‘i.
Mavzuga oid
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
15:12 / 28.03.2026
O‘zbekistonda futbolchilar daromad solig‘idan ozod etildi
14:17 / 25.03.2026
Hokimlarning budjet ochiqligi bo‘yicha majburiyati kuchaytirildi
09:05 / 22.02.2026