O‘zbekiston | 08:48 / 10.09.2020
4469
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlariga shaxsiy himoya vositalari yuborildi

O‘zbekiston fuqarolarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash samaradorligini oshirish va koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston fuqarolarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash samaradorligini oshirish va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadidagi farmoyishi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi xodimlari sog‘lig‘ini saqlash, ular orasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yil 17 iyunda Moskva shahriga (Rossiya Federatsiyasi) shaxsiy himoya vositalar yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi

elchixonasiga yuborilgan tibbiy buyumlar va vositalar

RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Moskva shahriga (Rossiya Federatsiyasi) shaxsiy himoya vositalarini yuborish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratadi.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga

yuborilgan yukining tannarxi, uni qadoqlash, shakllantirish punktiga hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq

XARAJATLAR SMeTASI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligi talablariga asosan shaxsiy himoya vositalar va boshqa tibbiy jihozlar zarur hajmda shaklanishi va yuborilishi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda sotib olinadigan zarur shaxsiy himoya vositalar va tibbiy jihozlarni shakllantirilishi va yuborilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi hisobidan, Rossiya Federatsiyasida sotib olinadigan qismi O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasining maxsus hisob-varag‘idagi mavjud homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi M.M. Qurbanov zimmasiga yuklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid