Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy attestatsiya komissiyasini 10 yildan ko‘proq boshqargan Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi
Bu iste’fo O‘zFA prezidentining OAK faoliyatini ochiq tanqid qilishi ortidan ro‘y bermoqda. Komissiyani O‘zFA tizimiga o‘tkazish va ilmiy kengashlar mas’uliyatini oshirish ko‘zda tutilyapti.
Ahmadbek Yusupov / Foto: Oliy attestatsiya komissiyasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, Ahmadbek Todjiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 26 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Yusupov OAK raisi lavozimida 2015 yil 11 noyabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.
2026 yil aprel oyi boshida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ilmiy ishlarda plagiat ko‘payib ketgani, O‘zbekiston nufuzsiz “ilmiy” jurnallardagi maqolalar soni bo‘yicha yetakchiga aylanib qolgani sabab OAK faoliyatini tanqid qilgan, komissiya uning tanqidiga raddiya bergandi.
Kecha, 25 may kuni Shavkat Ayupov va oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z takliflarini davlat rahbari huzurida taqdimot qildi. Yig‘ilishda Oliy attestatsiya komissiyasini Oliy ta’lim vazirligi tizimidan chiqarib, Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazish taklifi ham ilgari surildi.
Komissiya faoliyatini tubdan takomillashtirish, ilmiy kengashlar mas’uliyatini oshirish va ular faoliyatini reyting asosida baholash nazarda tutilmoqda. Ilmiy daraja berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:43 / 29.04.2026
Ilmiy darajalar berish tizimini isloh qilishga oid mulohazalar
15:27 / 18.04.2026
“Ulardan fanga nima foyda?” - O‘zFA prezidenti darrov ilmiy daraja olayotgan mansabdorlar haqida
21:12 / 03.04.2026
O‘zbekiston xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etmoqchi
09:32 / 25.02.2026