Men mulohazalarimni mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim sohasidagi islohotlar, ularning ijobiy, salbiy oqibatlari, yutuqlar va kamçiliklarni sanaşdan boşlamoqçi emasman. Bu soha vakillari bundan har holda xabardor. Oxirgi kunlarda OAVda yangragan va köplab muhokamalarga sabab bölgan akademik Şavkat Abdullayeviç Ayupovning intervyusi, unda bildirilgan ayrim tanqidiy fikrlarga nisbatan Oliy attestatsiya komissiyasining munosabati va bu munosabatga bildirilgan munosabatlarni öqib tahlil qilişni öqirmanlarning öziga havola qilaman.

Men esa bevosita ilmiy darajalar beriş tizimini isloh qilişga oid takliflarimni qisqa bayon etmoqçiman.

Takliflardagi turli baza, platformalar borasidagi takliflar katta yangilik emas. Bunday bazalar u yoki bu holatda qisman joriy etilgan, etilyapti va joriy etilişi rejalangan. Şunday bölsa ham bunday bazalarga bölgan ehtiyojni asoslaşga harakat qildim. Oldindan aytişim mumkinki, bu takliflarni amalga oşiriş mexanizmi (agar ma’qul topilsa) işçi guruh tuzib bevosita bahs-munozara asosida şakllantirilişi kerak böladi. Bunda dissertantlarga ortiqça byurokratik tösiq yaratilmasligi bilan közlayotgan maqsadimiz – sof, sifatli ilmiy tadqiqotlar darajasini saqlab qoliş örtasidagi oltin örtaliqni topilişiga harakat qiliş lozim.

Tizim islohoti böyiça takliflar majmuasi

I. Şaffoflik va “Obro‘ instituti”ni şakllantiriş (OAK oçiq ma’lumotlar bazasi)

Tizimdagi yopiqlik köpinça mas’uliyatsizlikni keltirib çiqaradi. Birinçi qadam – barça iştirokçilarning faoliyatini jamoatçilik nazoratiga oçişdir. Taqrizlar va xulosalar oçiq e’lon qilinişi şart. Dissertatsiya tasdiqlangandan söng, tizimda nafaqat avtoreferat, balki rasmiy opponentlar, yetakçi taşkilot va ilmiy kengaş a’zolarining bergan xulosalari (imzosi bilan) oçiq yuklanişi lozim. Bu – “Obro‘ instituti”ni işga tuşiradi. Olimlar öz obrösini tökmaslik uçun sayoz yoki köçirma işlarga ijobiy taqriz yozişdan qörqib qoladi.

Ilmiy rahbarlar va kengaşlar böyiça integratsiyalaşgan statistika ham muhim ahamiyatga ega. OAK bazasida har bir olimning (ilmiy rahbarning) raqamli profili yaratiladi. U yerda olimning şogirdlari, ularning himoya qilgan işlari va maqolalari zanjir kabi boğlangan böladi.

Şuningdek, ilmiy kengaşlar pasporti va faoliyati tarixi ham joylanadi. Jamoatçilik va ta’lim muassasalari qaysi ilmiy rahbar haqiqiy olim yetiştirayotganini, qaysinisi esa “konveyer” qilib olganini oçiq köradi. Sayoz işlarni köp ötkazgan ilmiy kengaşlar reytingi tuşib, faoliyati tugatilişiga asos böladi.