Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Özbekiston Qahramoni Şavkat Ayupov Jadid.uz'ga bergan intervyusida yuqori lavozimga ötirgan mansabdorlar köp ötmay ilmiy darajali bölib qolişi va “qaroqçi” ilmiy jurnallardagi maqolalar soni jihatidan Özbekiston yuqori örinlarda turişi haqida gapirib ötdi.
“Fanga e’tibor berila boşlagandan keyin, [ilm kişilariga] qança imkoniyat yaratildi: mana, fan nomzodiga 30 foiz, fan doktoriga 60 foiz qöşimça haq tölanadi, yana boşqa imtiyozlar bor... Bu bir tomondan yaxşi, olimlar qöllab-quvvatlanadi, ikkinçi tomondan, bu işonçni, prezidentimiz bu berayotgan imkoniyatlarini suiiste’mol qiliş avj olib ketdi.
Men özim 1997–2003 yillarda, olti yil davomida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bölganman. Öşanda bir yilda hamma fanlar böyiça umumiy taxminan 100-100 ta doktorlik himoyasi bölardi, 500–600 ta fan nomzodligi uçun himoyalar bölardi. Lekin keyin, şunaqa böldiki, ön barobar oşib ketdi. Ikki barobar ham emas, ön barobar.
Men özim OAK Prezidiumi a’zosi sifatida kördim: köp [ilmiy] işlar juda yuzaki. Yuzaki bölgani ham mayli, plagiat köpayib ketdi. Rossiyadan olib, tarjima qilib, himoya qilinganlarni ham kördim-da. Şuni men körsatdim, qoida böyiça bunaqalarni diplomini bekor qiliş kerakligini aytdim. Şuni qilişmadi-da.
Bu masaladan prezidentimiz xabarlari bor. Şu tizimni isloh qilmasa bölmaydi. Hozir rahbar kadr böldimi, ikki yilda PhD bölyapti. Yana ikki-uç yil ötmasdan fan doktori bölyapti... U rahbar odam qaçon ilm qiladi? Özining işi [köp bölsa]... Men mana bunaqa mansabga ötirib, köryapman: umuman vaqt yöq, kitob öqişgayam, boşqagayam. Katta-katta rahbarlar fan nomzodi, fan doktori bölib ketyapti. Endi ulardan nima foyda fanga?
Natijada Özbekiston fanining obrösi tuşib ketyapti. Internetlarda köp çiqadi: “qalbaki” jurnallarda çiqqan eng köp maqolalar Özbekistondan. Yoki eng köp sifatsiz maqolalar Özbekistondan, deb çiqadi. Bu – bizning fanimiz uçun juda katta şarmandagarçilik-ku”, – dedi Şavkat Ayupov.
Olimning qöşimça qilişiça, sifatsiz ilmiy işlar yoki maqolalarning aksariyati oliy ta’lim tizimiga töğri keladi.








