Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Vafot etganlarning ikki nafari talaba bo‘lgan.
Jizzax shahridagi xonadonda 4 kishining jasadi topilgan. Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga xabar berishicha, ular is gazidan vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 31 yanvar kuni Jizzax shahar Sayilgoh ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridan 4 nafar shaxsning murdasi topilgan. Ularning ikki nafari talaba bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Mutaxassislarning birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan xonadonga o‘rnatilgan isitish tizimi tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
18:11 / 19.11.2024
Namanganda ota va uning ikki farzandi, Buxoroda ona va o‘g‘il is gazidan zaharlanib, vafot etdi
19:27 / 14.11.2024