O‘zbekiston | 18:29 / 13.06.2019
3478
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziladi 

Foto: Uznature.uz

Hukumat qarori bilan 2019–2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, strategiya doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziladi;

Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi;

Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh soni 1000 ga yetkaziladi;

davlat qo‘riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy bo‘g‘inli yagona tizimi ishlab chiqiladi;

zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS–texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot ma'lumotlar bazasi ishga tushiriladi;

har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar geobotanik tekshiruvdan o‘tkaziladi;

bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiya qilinadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid