Strategiya loyihasiga muvofiq, soğlom bolalikni ta’minlaş va aholi salomatligini profilaktika orqali mustahkamlaş maqsadida mikronutriyentlar bilan ta’minlaş çoralari kengaytiriladi. Xususan, 3–15 yoşdagi bolalarni yod preparati bilan, 15–35 yoşdagi xotin-qizlarni esa polivitamin, temir va foliy kislotasi bilan körsatmaga muvofiq 100 foiz bepul ta’minlaş rejalaştirilgan.
Loyihada mazkur taşabbus onalar va bolalar ölimini kamaytiriş, bolalar örtasida kasallaniş holatlarini qisqartiriş hamda umumiy salomatlik körsatkiçlarini yaxşilaşga qaratilgan çoralar paketi doirasida qayd etilgan. Şu yönalişda bolalar orasidagi yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklarni 10 foizga qisqartiriş, gödaklar ölimini 6,5 promillegaça, beş yoşgaça bölgan bolalar ölimini esa 9 promillegaça kamaytiriş maqsadlari ham belgilangan.
Qöşimça ravişda, 6–23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni bilan körsatmaga muvofiq 100 foiz bepul ta’minlaş, 2–10 yoşli bolalar orasida gelmintozni 15 foizga qisqartiriş çoralari ham loyihada nazarda tutilgan. Şuningdek, tuğuruq xizmatlari qamrovini kengaytiriş maqsadida tuğuruq örinlari sonini 14 373 taga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Mazkur çora-tadbirlar aholi guruhlarini zarur mikroelementlar va vitaminlar bilan ta’minlaş orqali soğliqni saqlaşda profilaktikaning ahamiyatini oşiriş, ona-bola salomatligini mustahkamlaş hamda soğlom avlodni tarbiyalaşga xizmat qilişi közda tutilgan.

















