Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Avazxon Ergashev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Avazxon Ergashev tayinlovga qadar Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
U yangi lavozimda yaqinda Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Komiljon Sobirov o‘rnida ish boshlaydi.
Avvalroq, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 2006 yildan buyon hokim lavozimida ishlab kelgan Avazxon Ergashev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlashi kutilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:36 / 05.12.2025
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
13:51 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev bioaksal polipropilen plyonka ishlab chiqaradigan yagona korxona faoliyati bilan tanishdi
12:16 / 04.12.2025