Andijon viloyati hokimligidagi manba tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma'lumotga köra, 20 dekabr kuni viloyat hokimligida Avazbek Ergaşevni kuzatiş marosimi ötkazilgan.

Avazbek Ergaşev Qörğontepaga 2006 yil 18 yanvar sanasidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U Sirdaryoda yaqinda Xorazm viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi böyiça örinbosari lavozimiga ötkazilgan Komiljon Sobirov örnida iş boşlaydi.

Joriy yilda Andijon viloyatining  Jalaquduq, Xöjaobod, Asaka, Oltinköl, Böston tumanlari va Xonobod şahrida hokimlar almaşgandi.

Ayni paytda viloyatdagi ikkita tumanda – Andijon va Qörğontepa tumanlari hokimsiz qolgan. Andijon tumani hokimi Uluğbek Isomiddinov şu yilning aprel oyidan işdan böşatilgan bölib, mutasaddining nima sababdan işdan olingani oşkor qilinmadi.