Jahon | 15:41 / 04.03.2024
10951
4 daqiqa o‘qiladi

Lvivda tayyorlanayotgan dronlar va Odessadagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 739-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Odessadagi turar joy binosiga rossiyaliklar droni zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, qurbonlar orasida besh bola ham bor.
  • Rossiya mudofaa vazirligi 3 martga o‘tar kechasi Qrim ustida 38 ta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Ukraina tomoni buni izohlamagan.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyga armiyada kadrlar o‘zgarishi bo‘yicha kart-blansh taqdim etdi.
  • RF inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Il-76 halokati vaqtida halok bo‘lgan ukrain harbiy asirlarining jasadlari «yaqin vaqtlar ichida» Ukrainaga qaytarilishini ma’lum qildi.
  • Donetsk oblastining Mirnograd va Pokrovsk shaharlarida RF armiyasining raketa zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi.
  • Donetsk oblastining Kuraxovo shahriga aviazarba yo‘llanishi oqibatida tinch aholi vakillaridan 16 nafari yaralangan.

Odessa rossiyaliklar droni hujumidan keyin

2 martga o‘tar kechasi rossiyaliklar droni Odessadagi ko‘p kvartirali uyga borib urildi: 3 mart kuni kechqurun berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishi zarba qurboni bo‘lgan, shundan besh nafari — bolalar. Quyida ushbu hujumdan keyin voqea joyida ish olib borgan ishchilar va qutqaruvchilar aks etgan.

Odessada rossiyaliklar droni zarbasiga uchragan to‘qqiz qavatli uy. Uning pod’yezdlaridan biri to‘liq vayron bo‘lgan
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Odessaliklar hujum qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik oldida
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Dron zarbasi kelib tushgan joyda xarobalarni tozalash ishlari
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Stixiyali yodgorlikda o‘yinchoqlar va shamlar
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA

Avdiyivka yaqinidagi Kuraxovo shahridagi vayrongarchilik

Kuraxovo — Donetsk oblastida rus qo‘shini fevral oyi o‘rtalarida to‘liq egallab olgan Avdiyivkadan 35 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan shahar. So‘nggi bir necha oy davomida shiddatli janglar kechgan Avdiyivkaga yaqinligi tufayli Kuraxovo ham otishmalardan jiddiy jabrlangan. 3 mart kuni RF armiyasining shaharga hujumi oqibatida tinch aholi vakillaridan 16 kishi yaralandi

Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Chasiv Yar yaqinida ukrainlar tanki

 

Ukraina qurolli kuchlari jangchisi Chasiv Yarda yaqinidagi o‘rmonda tankda — Ukraina QKning bu yo‘nalishdagi asosiy ta’minot yo‘llaridan biri Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan ushbu shahardan o‘tadi.
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

 

Lvivda dronlar ishlab chiqarilishi

Ukrainaning HentaiFPV kompaniyasi xodimi ish ustida. 2024 yilda Ukraina bir million dona FPV-dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirgan — bu videokamera orqali pilotga «birinchi shaxsdan ko‘rinish»ni uzatadi va avtomatika ko‘magisiz ishlashga imkon beradi, masalan, uning harakati uchun sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi signali shart bo‘lmaydi. Bu esa dronlarni yanada arzon va radioelektron ta’sir vositalariga bardoshli qiladi.
Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images
HentaiFPV xodimi dronni sinovdan o‘tkazmoqda
Chris McGrath / Getty Images
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев

Mavzuga oid