O‘zbekiston | 11:00 / 17.02.2023
11780
3 daqiqa o‘qiladi

1 maydan foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomida quyosh panellari o‘rnatiladi

“2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

2023 yil 1 apreldan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini; 
  • qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini; 
  • yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini.

2023 yil 1 martdan yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda ko‘rsatilgan quvvatdan yuqori bo‘lmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qo‘shimcha texnik shart olish talab etilmaydi.

Tadbirkorlar, xorijiy investorlar:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat organiga va (yoki) hududiy elektr tarmoqlariga o‘rnatilgan tariflarda, boshqa iste’molchilarga o‘zaro kelishilgan narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan, shu jumladan, uzoq muddatli shartnomalar asosida sotishi;
  • boshqa shaxslarga tegishli obektlarda ijara huquqi asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatib, ushbu qurilmalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishi mumkin bo‘ladi. 

Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 2023 yil 1 martdan “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritiladi. 

2023 yil 1 maydan: 

  • foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinadi;
  • yangi tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklari hamda sement, g‘isht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlanadi;
  • respublikadagi barcha yoqilg‘i (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi ta’minotining kamida 50 foizi ushbu obektlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi.

Mavzuga oid