Bir shaxs nomiga rasmiylashtiriladigan plastik kartalar soni cheklanadi
Har bir jismoniy shaxs uchun kartalar soni bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha miqdorida cheklanadi. Mazkur tartib 2025 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar amal qiladi. Oxirgi 12 oy davomida hech qanday amaliyot bajarilmagan bank kartalari bloklanadi.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank tomonidan “banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JShShIRga) kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha emissiya qilish mumkinligi” bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilgan. Bu haqda bank sohasiga oid “Mijozlar uchun!” blogi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi tartib “xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi ostida tijorat banklariga ijro uchun jo‘natilgan.
Kartalar soniga cheklov virtual va kobeydjing kartalariga ham taalluqli bo‘lib, chet el valutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tartibning amal qilish muddati 2025 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar etib belgilangan.
Shuningdek, banklarga jismoniy shaxsning bank kartalarida (jumladan virtual kartasida) 12 oy davomida hech qanday amaliyot bajarilmagan bo‘lsa, ushbu kartalar bloklanishi va karta egasiga xabar berilishi vazifasi ham yuklatilgan.
Avvalroq, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev ayrim mijozlar nomiga yuzlab plastik kartalar ochilgani, bunday kartalardan firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish sxemalarida foydalanayotgani haqida aytgandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WP: Zelenskiy va Trampning kelishuvi Rossiya elitasini cho‘chitib yubordi
Jahon | 12:13
-
O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi
O‘zbekiston | 12:12
-
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
O‘zbekiston | 11:43
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
Mavzuga oid

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025