Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda elektr tarmoqlarini yangilashga jalb qilinadi
Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek–xitoy biznes forumida jami 6 gigavatt quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qurish hamda mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiriga energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Foto: Kun.uz
Vazirga ko‘ra, Xitoyning Energy China investitsion kompaniyasi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini, Universal Energy kompaniyasi bilan shamol elektr stansiyalarini, Xian Electric Engineering kompaniyasi bilan esa elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yuqori kuchlanishli liniyalar va yangi podstansiyalarni qurish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Shuningdek, gidroenergetika yo‘nalishida ham yangi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash va shu asosda ularni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
“Bularning hammasi 6 gigavatt quvvatli stansiyalar bo‘lib, ular 5-6 mlrd AQSh dollari atrofidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘zda tutuvchi loyihalardir”, deydi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Bundan avval may oyining boshida Jo‘rabek Mirzamahmudov Germaniyaning Siemens kompaniyasi Surxondaryo va Navoiyda IES qurish hamda 1000 megavattgacha quvvatdagi shamol va quyosh energetikasi bo‘yicha stansiyalar qurishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Jinpingning taklifiga binoan ushbu davlatda bo‘lib turibdi.
18-19 may kunlari Sianda O‘zbekiston–Xitoy muzokaralari, Xitoy biznes doiralari bilan uchrashuv hamda “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:36 / 15.12.2025
2026 yilda yangi konlar hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni barqarorlashtirish rejalashtirilmoqda - Mirzamahmudov
12:09 / 12.12.2025
Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»lar o‘chib qolsa, ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib beriladi – energetika vaziri
13:17 / 18.11.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston 2026 yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish shartnomasini imzoladi
11:08 / 06.11.2025