Vazirga köra, Xitoyning Energy China investitsion kompaniyasi Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlarida quyoş fotoelektr stansiyalarini, Universal Energy kompaniyasi bilan şamol elektr stansiyalarini, Xian Electric Engineering kompaniyasi bilan esa elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, yuqori kuçlanişli liniyalar va yangi podstansiyalarni quriş böyiça şartnomalar imzolangan.

Şuningdek, gidroenergetika yönalişida ham yangi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaş va şu asosda ularni moliyalaştiriş böyiça kelişuvlarga erişilgan.

“Bularning hammasi 6 gigavatt quvvatli stansiyalar bölib, ular 5-6 mlrd AQŞ dollari atrofidagi töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni közda tutuvçi loyihalardir”, deydi Jörabek Mirzamahmudov.

Bundan avval may oyining boşida Jörabek Mirzamahmudov Germaniyaning Siemens kompaniyasi Surxondaryo va Navoiyda IES quriş hamda 1000 megavattgaça quvvatdagi şamol va quyoş energetikasi böyiça stansiyalar qurişini ma’lum qilgan edi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Jinpingning taklifiga binoan uşbu davlatda bölib turibdi.

18-19 may kunlari Sianda Özbekiston–Xitoy muzokaralari, Xitoy biznes doiralari bilan uçraşuv hamda “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi sammit ötkazilişi rejalaştirilgan.