Siemens O‘zbekistonda ikkita IES quradi
Germaniyaning Siemens kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida issiqlik elektr stansiyalari qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Kun.uz muxbirining Berlindan xabar berishicha, bu haqda 2 may kuni Germaniya–O‘zbekiston biznes forumida ma’lum qilingan.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kelishuvning ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.
“Siemens kompaniyasi birinchi marta nafaqat uskuna yetkazib beruvchi, balki investor sifatida ham ishtirok etyapti. Bu kompaniya bilan Surxondaryoda yangi IES qurish, Navoiyda tashkil etilayotgan kimyo klasteri doirasidagi IESni qurish hamda 1000 MW gacha quvvatdagi shamol va quyosh energetikasi bo‘yicha stansiyalar qurishga kelishib oldik.
Bu, albatta, birdaniga bo‘lmaydi. Masalan, Surxondaryodagi IES qurilishi bu yil boshlansa, 2026 yilda ishga tushadi. 2023 yil bo‘yicha esa Siemens'da mavjud bo‘lgan turbinalarning shartnomasini imzoladik. Bu turbinalar Buxoro va Muborakdagi issiqlik markazlariga o‘rnatiladi. Bu turbinalarni joriy yilda yetkazib, montaj qilib, dekabr oyigacha ishga tushirishga kelishib oldik. Ya’ni 150-160 MW yangi quvvatni ishga tushirilishi rejalashtirilgan”, – dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov Berlinda bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasida bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Germaniyaning “Infineon Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda mikrochiplar ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar
Jahon | 20:42 / 25.02.2025
“Videolarni montaj qilib tarqatishyapti” – YHXX rasmiysi «no photo» qonuni haqida
O‘zbekiston | 18:45 / 25.02.2025
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV
O‘zbekiston | 16:42 / 23.02.2025
Kun so‘rovi: bir oyda qancha kartoshka sotib olasiz?
Jamiyat | 09:38 / 23.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi 1899 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 01:04
-
Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 00:32
-
Myunxen va Hamburg aeroportlari xodimlari ish tashlash e’lon qildi
Jahon | 23:43 / 27.02.2025
-
Turkiyada O‘zbekiston fuqarolariga AQShga yuborishni va’da qilayotgan firibgarlar ko‘paydi - Bosh konsulxona
Jahon | 23:33 / 27.02.2025
Mavzuga oid

14:55 / 19.02.2025
“Gaz eksportida iqtisodiy mantiq bo‘lishi kerak” - Shuhrat Rasul

12:03 / 17.02.2025
Samarqandda elektr va gaz ta’minoti korxonalarining 7 xodimi qamoqqa olindi

21:26 / 16.02.2025
O‘zbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy fodalanildi

14:32 / 14.02.2025