Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Berlinda qo‘lga olingan radikallarning rojdestvo yarmarkasi terakti bilan bog‘liqligi bor
Foto: Bernd Thissen/dpa via AP
Germaniya poytaxtida kuni kecha qo‘lga olingan uch nafar shaxs 19 dekabr kuni Berlinda terakt sodir etgan Anis Amir bilan aloqada bo‘lgan. Bu haqda DPA agentligi huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarga asosan xabar berdi.
Bu borada boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Berlinda seshanba kuni kechqurun maxsus amaliyot o‘tkazildi, uning davomida uch nafar radikal qo‘lga olindi. Tergov taxminicha, ular IShID terrorchilik guruhi bilan keng qamrovli aloqada bo‘lgan. Berlin prokuraturasi davlat xavfsizligiga tahdid uyg‘otuvchi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, gumondorlar poytaxtning Moabit tumanidagi Amri bir necha marta borgan masjidga ko‘p bora tashrif buyurishgan.
Tunislik terakt sodir etilgandan so‘ng yashirinishga muvaffaq bo‘ldi, bir necha kundan so‘ng u Milan shahri yaqinida Italiya politsiyasi tomonidan yo‘q qilindi.
Mavzuga oid
15:41 / 07.01.2026
Diversiya tufayli Berlinda 25 500 kvartira elektrsiz qolmoqda
11:33 / 06.01.2026
Berlin blekauti: hokimiyat kabel yoqib yuborilishini “so‘l terrorizm” deb atadi
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025