Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diversiya tufayli Berlinda 25 500 kvartira elektrsiz qolmoqda
Stromnetz Berlin elektr tarmog‘i operatorining aytishicha, ta’mirlash ishlari payshanba, 8 yanvar kuni kechqurungacha davom etadi. Sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni Vulkan so‘l radikal guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Foto: Emmanuele Contini/IMAGO
Berlin janubi-g‘arbidagi taxminan 25 500 xonadon va 1200 ta korxona hali ham elektr energiyasisiz qolmoqda — 3 dekabr kuni so‘l ekstremistlar diversiyasi oqibatida yuz bergan keng ko‘lamli uzilishlardan keyin. Bu haqda seshanba, 6 yanvar kuni Berlin elektr tarmog‘ining tizimli operatori Stromnetz Berlin xabar qildi.
Keng ko‘lamli elektr uzilishiga sabab — Teltov kanali ustidagi kabelda, Lixterfelde issiqlik-elektr markazi (IEM) yaqinida sodir etilgan o‘t qo‘yish bo‘ldi. Stromnetz Berlin ma’lumoticha, Tselendorf, Nikolasze va Vanze tumanlaridagi ta’mirlash ishlari 8 yanvar kuni kechqurungacha davom etadi. Berlin burgomistri Kay Vegner baholashicha, elektr uzilishlari shaharning taxminan 100 000 aholisiga ta’sir qilgan.
Berlin janubi-g‘arbidagi qariyb 20 ta maktab hali ham yopiq qolmoqda. Stromnetz Berlin ma’lumotiga ko‘ra, hududlardagi 74 ta qariyalar uyidan 72 tasi dushanba kuni kechqurunga qadar elektr bilan ta’minlangan.
Kritik infratuzilmaga qilingan hujum uchun javobgarlikni Vulkan nomli so‘l radikal ekstremist guruh vakillari o‘z zimmasiga olgan. Ular IEMga qilingan hujumning maqsadi “qazilma yonilg‘i energetikasining o‘zi” ekanini bildirgan.
Bu tashkilot 2024 yil mart oyida Brandenburg yerida ham diversiya uyushtirgan edi. O‘shanda elektr uzatish liniyalariga o‘t qo‘yilishi oqibatida AQShning Tesla kompaniyasi zavodi zarar ko‘rgan. Berlin politsiyasi Vulkan guruhining bayonotini ishonchli deb hisoblaydi. Diversiya bo‘yicha tergov bilan shaharning Bosh prokuraturasi shug‘ullanmoqda.
Berlin burgomistri Kay Vegner va shaharning ichki ishlar bo‘yicha senatori Iris Shpranger kabelga o‘t qo‘yishni “terrorizm” deb atadi. Kay Vegner Germaniyaning muhim infratuzilmasi zaif ekanini ham tan oldi va kelajakda bunday hujumlardan himoyalanishga chaqirdi.
GFR ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt ham shu fikrga qo‘shildi: “Bizning bahomizga ko‘ra, gap maqsadli rejalashtirilgan hujum haqida ketmoqda”, — dedi u.
Mavzuga oid
11:33 / 06.01.2026
Berlin blekauti: hokimiyat kabel yoqib yuborilishini “so‘l terrorizm” deb atadi
00:25 / 29.12.2025
29 dekabr kuni Yunusoboddagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi
16:43 / 23.12.2025
Oltin sotish to‘xtadi, go‘sht importi keskin o‘syapti, elektr sotish 58 foizga oshdi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
20:53 / 21.12.2025