O‘zbekiston | 15:27 / 30.10.2020
20992
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vaziri Otajon Hamroyev ishdan ketdi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, Otajon Karimovich Hamroyev o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilingan.

Muqaddam Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Otajon Hamroyev 2020 yilning may oyida Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi. 

Avgust oyida vazirga bo‘yin umurtqa churrasining og‘ir holati tashxisi qo‘yilib, davolanayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid