Qoraqalpoğiston SSV matbuot xizmati vazir koronavirusdan kasallangani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, vazir 18 kundan buyon davolanmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Kallibek Xudaybergenovning xabar qilişiça, vazirga böyin umurtqa grijasining oğir holati taşxisi qöyilgan.

«Vazir koronavirus yuqtirib olgani haqidagi xabarlar heç qanday asosga ega emas. Otajon Karimoviçda böyin umurtqa grijasi bor va hozir davolanyapti.

Bu kasallikdan faqat operatsiya yöli bilan foriğ böliş mumkin. Amaliyotni esa Nukusda qilişning iloji yöq. Karantin çoralari ança yumşatildi. Endi yöllar oçilsa, Toşkentda operatsiya bölişi mumkin.

Davlat işida işlaydigan şaxslarning ham kasal bölişiga haqqi bor. Buni töğri qabul qiliş kerak», deydi vazir örinbosari.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqda Otajon Hamroyev koronavirus bilan kasallangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu ma'lumotlarning tarqalişiga vazirning M.Yerniyazov dafn marosimida köriniş bermagani va şundan keyingi iş jarayonlaridagi yiğilişlarda iştirok etmayotgani sabab bölgan.

Vazir bugun bölib ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining navbatdagi oltinçi sessiyasida ham iştirok etmagan.

Ma'lumot uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining 14 may kungi qarori bilan Otajon Karimoviç Hamroyev Soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, 30 iyul kuni Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar şaroitda rejali davolaş muolajalarini olayotgani, bemorning ahvoli qoniqarli ekan haqida xabar berilgandi.

Keyinroq boş vazirning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari Behzod Musayev zimmasiga Soğliqni saqlaş vaziri vazifasini vaqtinça bajariş yuklangani