O‘zbekiston | 16:13 / 12.11.2021
35407
2 daqiqa o‘qiladi

NASA Toshkentdagi chang bo‘ronini «misli ko‘rilmagan» deb atadi

Foto: earth.com

NASA sun'iy yo‘ldoshi tomonidan olingan va Toshkent ustidan qalin chang ko‘rpa tasvirlangan rasm «kun surati» deb topildi.

G‘ayrioddiy chang bo‘roniga shamol tezligi soatiga 55 milyagacha bo‘lgan antitsiklonik bo‘ron sabab bo‘lgani aytib o‘tilgan.

NASA ma'lumotlariga ko‘ra, changning bir qismi Qozog‘istonning Turkiston viloyati shimoli-sharqida qurigan yaylovlar va o‘tloqlardan uchib kelgan.

«O‘zgidromet» havodagi ifloslanish darajasi har kub metr uchun 18 ming mikrogrammgacha oshganini ma'lum qilgan. Bu ruxsat etilgan me'yordan 30 barobar yuqori hisoblanadi.

«O‘zgidromet» tomonidan olib borilayogan kuzatishlar davomiyligida (150 yil) bunday holat ilgari kuzatilmagan. 

«Agar o‘lchovlar to‘g‘ri bo‘lsa, bu o‘ta va o‘ta xavfli havoning zararlanish darajasidir. Men ko‘rgan eng yuqori ko‘rsatkich Texasning El-Paso shahrida (AQShning eng changli shahrida) qayd etilgan bo‘lib, har bir kubometr uchun taxminan 5 ming mikrogram. Demak, O‘zbekistondagi bu darajalar men El-Pasoda ko‘rganimdan taxminan to‘rt barobar yomonroq», deydi Texas universiteti olimi Tomas Gill.

Ma'lumot uchun, 4 noyabr kuni O‘zbekistonda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisalari kuzatildi va bu bir necha kun davom etdi.

Mavzuga oid