Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bizni Xudo asradi” - Zoyir Mirzayev bog‘chalardagi zaharlanish haqida
“Agar 5-6 milliardlik dori-darmonlar vaqtida bormaganda, bilmayman nima bo‘lardi”, dedi Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanish haqida gapirgan viloyat hokimi. U autsorsing tizimi qonun oldida javob berishi, qamoqqa olinganlar soni 11 kishiga yetgani, shuningdek, Sanepidqo‘mitaning viloyatdagi mas’ullari ishdan olinishi kerakligini aytdi.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 6 oktyabr kungi sessiyasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bog‘chalarda kuzatilgan ommaviy zaharlanish haqida gapirdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
“24 sentabr kuni Piskent, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on hamda Quyi Chirchiq tumanlarida 1922 nafar bola ovqatdan zaharlanishi holati qayd etildi.
Bizlarni o‘shanda Xudo asradi. Agar vaqtida dori-darmonlar... 5-6 milliardlik dori-darmonlar bormaganda, bilmayman nima bo‘lardi”, – dedi Mirzayev.
“Autsorsing tizimi qonun oldida javob beradi. Qamoqqa olinganlar 11 kishi bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi viloyat rahbari.
Zoyir Mirzayevning fikricha, ro‘y bergan holat uchun Sanepidqo‘mitaning viloyatdagi va tumanlardagi boshliqlarini ishdan olish kerak.
“Hammasini lavozimdan ozod qilish kerak. Viloyat [boshqarmasi]dan boshlab hammasini”, – dedi u.
Sanepidqo‘m raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekovga ko‘ra, zaharlanish gumoni bilan 1922 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi tekshiruvdan o‘tkazilgan va ulardan 963 nafariga o‘tkir gastroenterit tashxisi qo‘yilgan. 30 sentabr holatiga, bolalarning deyarli barchasi sog‘ayib uyiga qaytgani, faqat uch nafari davolash jarayonida aniqlangan oldindan mavjud kasalliklar sababli tibbiy kuzatuv ostida qolgani ma’lum qilingan.
Holat yuzasidan tuzilgan maxsus ishchi guruh haliga qadar dastlabki axborot bergani yo‘q. 27 sentabr kuni jinoyat ishi doirasida ta’minotchi korxonalarning 7 nafar mansabdori qamoqqa olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
16:18 / 02.12.2025
Xizmat yo‘q, lekin to‘lov bor: 5 ta chiqindi tashish korxonasining qonunbuzarligi aniqlandi
08:48 / 01.12.2025
Endi bog‘cha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatdan o‘tadi
19:08 / 26.11.2025