Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metrosi va avtobuslar harakati vaqti uzaytiriladi
Toshkent metrosi soat 1:00 gacha ishlaydi, yo‘nalishdagi avtobuslar ham bir soat ko‘proq harakatda bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Yangi yil munosabati bilan poytaxt aholisi va mehmonlariga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan metro harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari 31 dekabr kuni soat 05:00 dan 1 yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, yangi yil munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat oralig‘i quyidagi tartibda tashkil etiladi: 2025 yil 31 dekabr hamda 2026 yil 2 yanvar kunlari metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. 2026 yil 1 yanvar kuni esa poyezdlar yakshanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha qatnaydi.
Ma’lum qilinishicha, 5 yanvar – dushanba kuni barcha uchun ish kuni hisoblanib, ushbu sanada metro harakati odatiy ish kunlari jadvali asosida tashkil etiladi.
«Toshkent metropoliteni» DUK yo‘lovchilardan belgilangan jadval va harakat vaqtlariga amal qilgan holda xizmatlardan unumli foydalanishni so‘ragan.
Toshkent shahrida avtobuslar ham 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi soat 1:00 ga qadar harakatlanadi. Toshkent shahri transport bosh boshqarmasi xabar qilishicha, 1 yanvardan 4 yanvar kuniga qadar shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yakshanba kuni uchun belgilangan ish tartibi asosida tashkil etiladi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
13:55 / 20.03.2026
Toshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi
14:27 / 17.03.2026
Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaganlar javobgarlikka tortilmoqda
23:15 / 14.03.2026