Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatdan O‘zbekiston hududida joylashgan 2200dan ortiq arxeologik, arxitektura, monumental san'at yodgorliklari va diqqatga sazovor joylar o‘rin oldi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun asosli zarurat paydo bo‘lgan taqdirda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritib boradi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston madaniyat vaziri B. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma'naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklandi.
Mavzuga oid
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
16:13 / 05.12.2025
Muzey va ziyoratgohlarga “virtual sayohat”, QR-kod va mobil ilova joriy etiladi
19:02 / 23.10.2025
Madaniy meros obektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligi monitoring qilinadi
13:45 / 03.09.2025