Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda soliq to‘lamay yurgan 344 nafar shaxsning mulklari MIB tomonidan xatlangani ma'lum qilindi
Qashqadaryoda 2 kunda soliq to‘lamay yurgan 344 nafar shaxsning mulklari xatlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, MIB organlari ish yurituvidagi hujjatlarning salmoqli qismini soliq undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari tashkil etadi. Jumladan, MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan olib borilayotgan ijro harakatlari natijasida o‘tgan 10 oy mobaynida 6 285 ta ijro hujjati yuzasidan 523 milliard 614,5 million so‘mlik qarzdorliklarni amalda undirishga erishilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15–16 noyabr kunlari MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan soliq undiruvlari bo‘yicha 461 ta ijro hujjati yuzasidan 5 milliard 996,9 million so‘mlik ijro hujjatlari tamomlangan. 91 milliard 423,6 million so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan 344 nafar qarzdorlarga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlangan.
Shundan eng katta qarzdorlik Koson tumaniga to‘g‘ri kelgan va bu tumanda 11 qarzdorning 107 ta ijro hujjatiga asosan 25 milliard 433 million so‘mlik qarz bo‘yicha mol-mulklari xatlangan. Shuningdek, Qarshi shahrida 51 nafar qarzdorning 278 ta ijro hujjatiga asosan 21 milliard 990,9 million so‘mlik qarzlar bo‘yicha mol-mulklari xatlangan.
Qayd etilishicha, qarzdorlar qarz 5 kunlik ixtiyoriy muddat ichida to‘lab bermasa, xatlangan mol-mulklarni realizatsiya qilish choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan. Hozirgi paytda mulklarni baholatish ishlari olib borilmoqda.
MIB viloyat boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra soliqdan bo‘lgan qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamagan shaxslarning aksariyatini tadbirkorlar va fermerlar tashkil etadi. Shuningdek, jismoniy shaxslar ham bor.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
13:08 / 09.12.2025