Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq madaniyat vaziri Bahodir Ahmedov yangi lavozimga tayinlandi
Hukumat qarori bilan Bahodir Ahmedov Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining rahbari lavozimiga tayinlandi.
U ayni paytda Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatining Ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlili va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Ahmedov 1973 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqalar institutini, 2007 yilda esa Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan.
U turli yillarda Olmazor tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri, Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari, Madaniyat va sport ishlari vaziri (2014-2017 yillarda), Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov yaqinda O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdurashid Jo‘raboyevning o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
10:01 / 26.10.2025
Yangi O‘zbekiston universitetida Sun’iy intellekt klasteri ishga tushiriladi
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
07:02 / 04.08.2025
Hukumat qarori bilan «Sea Breeze Uzbekistan» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
08:07 / 12.05.2025