Jamiyat | 11:35 / 08.12.2017
22596
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkordan 100 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining Buxoro viloyati Boshqarmasi, MXX va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda Toshkent shahar Yunusobod tumani, 13-mavze 58-uy, 50-xonada yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan, “Xrompik” MChJ rahbari S.Q.ning arizasi yuzasidan maxsus tadbir olib borildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB xabar berdi.

Tadbir davomida aniqlanishicha, Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 70-uy, 36-xonada yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan O.U. hamda uning sherigi Vobkent tumani, O‘ba-Kulolon ko‘chasi 25-uyda yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan M.R. oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, S.Q.ning ishonchiga kirib, “Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati”da ishlab kelayotgan mansabdor shaxslar orqali 16 mlrd 620 ming so‘mga ehtiyot qismlarni sotish bo‘yicha shartnoma tuzish va shartnomani ro‘yxatga olib berishni va'da qilib, shartnoma tuzish uchun 100 ming AQSh dollari talab qilib, ushbu pullarni Piridastgir ko‘chasida joylashgan “Chinor” kafesida fuqaro S.Q.dan olayotgan vaqtida qo‘lga olinganlar.

Mazkur holat yuzasidan O.U. va M.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi hamda 28-211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid