Barcha davlat idoralarining rasmiy saytlari gov.uz domeniga o‘tkaziladi
2025 yil 1 martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan shartnoma tuzib, rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina hukumat portali – gov.uz orqali yo‘lga qo‘yadi. Vazirlik va idoralar hukumat doirasidagi ishlar va tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni chop etishdan oldin bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishishi talab etiladi.

2025 yil 31 yanvar kuni «Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2025 yil 1 martdan davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina O‘zbekiston Respublikasi hukumati portali – www.gov.uz'da yo‘lga kuyish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini ta’minlash belgilanmoqda.
“UzINFOCOM” yagona integratori – davlat organlarining Yagona platformaga o‘tkaziladigan veb-saytlari faoliyatini texnik qo‘llab-quvvatlash xamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Xarajatlar mazkur davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, budjet mablag‘lari xamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Qarorga ko‘ra, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar Yagona platformani takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltiriladi.
Davlat tashkilotlari, vazirlik va idoralar rasmiy veb-saytini Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini, veb-sayt va undagi ma’lumotlarni saqlab qolgan xolda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltiradi yoki ularning faoliyatini to‘xtatadi. Masalan, Adliya vazirligining rasmiy sayti: adliya.uz – https://gov.uz/adliya ga o‘zgaradi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, DXX huzuridagi «Kiberxavfsizlik markazi» DUK Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yagona platformani har olti oyda beg‘araz asosda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazib boradi xamda kiberxavfsizlikni bo‘yicha ta’minlash doimiy monitoringni amalga oshiradi. UzINFOCOM bir oy muddatda Yagona platformani «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasining data markaziga joylashtiradi hamda uni axborot xavfsizligi talablari darajasida zaxira nusxa yaratadi.
Qarorga ilova qilingan nizomda hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi ham keltirilgan. Unga ko‘ra, UzINFOCOM hukumat portalini yuritishga mas’ul hisoblanadi, shu bilan birga davlat organlarni axborot xizmatlari rasmiy veb-saytga joylashtirish uchun tegishli ma’lumotlarni ichki hujjatlarda belgilangan muddatlarda unga taqdim etishi shartligi belgilanmoqda.
Bunda:
- Yagona platformaga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda keltirilgan axborotlar joylashtiriladi;
- Platformaga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborot dolzarb, haqqoniy, yaxlit, aniq va mavzu bloklari bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi kerak;
- Platformada joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotda davlat, harbiy yoki xizmat siri hisoblanadigan ma’lumotlar yoxud qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak;
- Platformaga joylashtirish uchun taqdim egiladigan axborot davlat (o‘zbek tili) va qoraqalpoq tillarida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, axborotlarning boshqa tillardagi mazmuni bir xil yoxud qisqartirilgan talqinlari bo‘lishi mumkin.
- Hukumat doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni rasmiy veb-saytda joylashtirilishidan avval Bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishilgan xolda, amalga oshiriladi.
Hujjatga ko‘ra, gov.uz portaliga axborotni joylashtirish tartibi shunday: dastlab davlat organlarining axborot xizmati tarkibiy va hududiy bo‘linmalar axborotni oladi va umumlashtiradi. Shundan so‘ng axborot davlat organi rahbari bilan kelishiladi hamda Yagona platforma operatoriga taqdim etadi.
Yagona platforma operatori davlat organi tomonidan taqdim etilgan axborotni umumlashtiradi va tegishliligi bo‘yicha Bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishishga kiritadi. Bosh vazir matbuot xizmati kiritilgan axborotlarni bir ish kunida kelishib beradi. Yagona platforma operatori Bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishilgan axborotlarni Yagona platformaning tegishli bo‘limlariga joylashtiradi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda ko‘plab vazirlik va idoralar o‘z rasmiy saytlarini platformaga ko‘chirib olib o‘tgan. Shu bilan birga, tashkilotlarning ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi sahifalari o‘zlarining matbuot xizmati boshqaruvida qoladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor
Jahon | 21:18
-
Rossiya Davlat Dumasi raisi Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi
O‘zbekiston | 20:57
-
Pokistonda poyezdni garovga olgan jangarilarga qarshi operatsiya yakunlandi
Jahon | 20:53
-
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi
Jahon | 20:21
Mavzuga oid

09:21 / 15.12.2020
Davlat idoralarida axborot xizmati mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida qayta tashkil etiladi

12:29 / 28.05.2020
Hukumat ichki ishlar organlariga aloqador yangi qaror qabul qiladi

09:14 / 21.10.2019
Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi

18:59 / 18.04.2019