Davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlaşni AOKA bilan kelişiş, ularni attestatsiyadan ötkaziş hamda iş samaradorligini baholaş tartibi tasdiqlandi.

Lavozimga tayinlaş va lavozimdan ozod etiş

 Respublika darajasidagi davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari Agentlik bilan kelişilgan holda, hududiy darajadagi rahbarlar hududiy boşqarmalar bilan kelişilgan holda lavozimiga tayinlanadi.

 Kelişiş uçun bitta yoki bir neçta nomzodlar taqdim etiladi. Buning uçun ularning har biri böyiça quyidagi hujjatlar topşiriladi:

• davlat organi va taşkiloti rahbarining taqdimnomasi;

• nomzodning anketasi;

• oliy ma'lumot töğrisidagi diplomning yoxud xorijiy ta'lim muassasasida olingan oliy ma'lumot töğrisidagi hujjatni tan oliş töğrisida guvohnomaning nusxasi.

 Uşbu hujjatlar ERI bilan tasdiqlangan yoki «PDF» (portable document format) formatida jönatiladi. Hujjatlar qaytarilmaydi.

 Lavozimga tayinlaşni kelişiş masalasini körib çiqişda nomzod bilan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat ötkaziladi. Suhbatni tegişliça Agentlik direktori tomonidan, hududiy boşqarmalarda esa boşqarma boşliqlari tomonidan kamida 5 kişidan iborat tarkibda tasdiqlanadigan komissiyalar ötkazadi. Agentlikda direktorning örinbosari, hududiy boşqarmalarda boşqarma boşliqlari komissiyaga raislik qiladi. Komissiya işida a'zolarning kamida yarmi iştirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.

 Lavozimga tayinlaşni kelişiş hujjatlar taqdim etilgan sanadan boşlab 15 kun içida amalga oşiriladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamçiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va taşkilotiga suhbat ötkazilişidan kamida 5 kun oldin suhbat ötkaziladigan kun, vaqti va joyi haqida xabar beriladi. Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar bu haqda oldindan xabar qilişlari lozim, bunda nomzodlar komissiyaning navbatdagi yiğilişida suhbatga qöyiladi.

 Taqdim etilgan hujjatlarda kamçiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, bu haqda 5 kun içida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va taşkilotiga xabar yuboriladi. Kamçiliklar bartaraf etilgan holda takroran hujjatlarni taqdim qiliş lozim.