Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oşirişga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzuida ikki kunlik öquv-seminari bölib ötmoqda.
Öquv-seminari treninglar jamoasi rahbari, imijiologiya sohasi böyiça mutaxassis, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Beruniy Alimov ÖzA muxbirining axborot xizmatlari faoliyati yuzasidan berilgan savollariga javob berdi.
– Bugungi öquv-seminarida taşkilot imijini yaxşilaş, uni şakllantirişda nimalarga e'tibor beriş lozimligiga bağişlangan "Taşkilot imiji va uni boşqariş" degan mavzuda maşğulot ötayapsiz? Xöş, korporativ imij bilan işlaşda axborot xizmati xodimi nimalarga e'tibor berişi lozim?
– XVII asrda fransuz olimi B.Paskal imijni odamlarga ta'sir etiş texnologiyasi, deb atagan, – dedi B.Alimov. – XXI asrda u har qaçongidan ham dolzarb bölib turibdi. Taşkilotning obrösi qança kuçli bölsa, u şunça odamlar işonçini qozona oladi, ularga köproq ta'sir ötkazadi, öz oldida turgan vazifalarni amalga oşira oladi.
– Axborot xizmati va jurnalist vazifalari örtasida farq bor. Ammo bugungi kunda biror taşkilot axborot xizmati xodimi hamda OAVda jurnalist bölib işlaydigan hamkasblarimiz soni köpçilikni taşkil etadi. Tabiiyki u taşkiloti bilan boğliq, uning manfaatiga xizmat qiluvçi, faqat ijobiy xabarlarni OAVga tarqatişga urinadi, ammo bu xolislikka öz ta'sirini ötkazib qöymaydimi?
– Menimça, biz qaysi joyda işlaşimizdan qat'i nazar, oltin örtalikni topişimiz lozim. Jurnalistlar bilan axborot xizmati xodimlari xuddi bitta daryoning ikki qirğoğida ketayotganga öxşaydi, lekin maqsad, boradigan joyimiz bir – Özbekistonda demokratik, huquqiy jamiyat quriş. Şu bois menimça jurnalistlar va axborot xizmati xodimlari daryoning ikki qirğoğida yurmasdan örtadagi qayiqda birgalikda suzişi va oltin örtalikni topişi lozim. Eng asosiysi, axborot yetkazişda xolislik talabi buzilişiga yöl qöymasligimiz lozim.
– Bugun öquv-seminarining ikkinçi bosqiçi ötkazilyapti. Birinçi bosqiçdan qanday natijalar olindi va navbatdagisidan nimalar kutilmoqda?
– Bir hafta oldingi treningda köproq davlat boşqaruvi organlari, vazirliklar axborot xizmatlari xodimlari iştirok etgandi. Bugungi treningda esa köproq xöjalik boşqaruvi organlari ya'ni korporatsiyalar, milliy holdinglar, nodavlat notijorat taşkilotlar vakillari qatnaşmoqda. Auditoriya özgargani bilan mazmunda katta özgarişlar yöq. Asosiy maqsadimiz bugungi auditoriyani qiziqtira oladigan, zamonaviy öquvçi uçun ma'qul bölgan axborotni tezkor yetkaziş yöllarini birgalikda tahlil qilmoqçimiz.

















