Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari faoliyatini yoritiş uçun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanişni takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, jumladan, öz faoliyatining keng kölamda tezkor yoritilişida ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalaridagi mavjud imkoniyatlardan maqsadli va oqilona foydalaniş, axborot manbalari bilan işlaş hamda axborot almaşiş, jamoatçilik bilan sifatli muloqotni yölga qöyiş orqali faoliyatning şaffofligini ta'minlaş borasidagi işlari qoniqarsiz, deb topilişi mumkin.
Davlat idoralari axborot siyosati sohasidagi faoliyatini qayta körib çiqadi hamda ön kun muddatda öz tuzilmalaridagi mavjud ştat birliklari doirasida axborot xizmatini şaxsan birinçi rahbarga böysunadigan mustaqil tarkibiy bölinma sifatida taşkil (qayta taşkil) etadi.
Bunda umumiy ştatlar doirasida axborot xizmatiga davlat idoralarining markaziy apparatida uç-tört nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarida kamida tört nafar, quyi taşkilot va bölinmalar, tuman (şahar) hokimliklarida kamida ikki nafardan boşqaruv xodimi ajratilişi ta'minlanadi. Içki imkoniyatlar yetarli bölmagan holatlarda, axborot xizmatlari uçun iqtidorli mutaxassislarni budjetdan taşqari mablağlar hisobidan şartnoma asosida jalb etiş çoralari köriladi.
2021 yil 1 fevraldan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
a) davlat idoralari faoliyatini doimiy yoritib boriş hamda amalga oşirilayotgan loyihalarni jamoatçilikka tezkor va tuşunarli yetkazib beriş orqali taşkilotning ijobiy imijini şakllantirişga doir vazifalarni amalga oşiriş jarayonida hamkorlikda işlovçi jurnalist va foydalanuvçilar soni yuqori bölgan blogerlardan iborat “Media pul” taşkil etiladi;
b) jurnalistlarning akkreditatsiya qiliş töğrisidagi yozma va elektron murojaatlari davlat idoralari tomonidan tegişli murojaat olingan kundan boşlab köpi bilan uç iş kunida körib çiqilişi belgilanadi;
v) davlat idoralari özlarining jamoatçilik kengaşlari faoliyati va a'zolar röyxatini qayta körib çiqsin va jamoatçilik kengaşlari tarkibiga kamida bir nafardan faol jurnalist va/yoki blogerni kiritiş çoralari köriladi;
g) prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarning monitoringi natijasida aniqlangan davlat idoralari faoliyatiga taalluqli, aholining keng qatlami ongiga salbiy ta'sir körsatuvçi material va ma'lumotlarga davlat idoralarining tezkor munosabat bildiriş muddati bir kun qilib belgilanadi;

















