Vazirlar Mahkamasining “Içki işlar organlari axborot xizmatlari faoliyatini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining:

Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi (IIV Axborot xizmati), Vazirlikning tarkibiy va hududiy bölinmalaridagi mavjud axborot xizmatlari, multimedia markazlari, matbuot va media guruhlari hamda birlaşgan tahririyati yagona “Özbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati” (IIO axborot xizmatlari) sifatida faoliyat yuritiş;

“Postda-Na postu” gazetasi va “Qalqon-ŞÇit” jurnali birlaşgan tahririyati” davlat unitar korxonasi negizida IIV Axborot xizmati tarkibiga kiruvçi davlat unitar korxonasi şaklidagi “Özbekiston Respublikasi IIV Mass-media birlaşgan tahririyati” (IIV Mass-media)ni taşkil etiş;

IIV Mass-media tarkibida “IIV Axborotnomasi-Vestnik MVD-Bulletin of the MIA” ilmiy-amaliy jurnali, “Xalq xizmatida” radio kanali hamda “Qalqon” kinostudiyasi tahririyatlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.

Quyidagilar IIO axborot xizmatlarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

IIO faoliyati hamda jinoyatçilikning ahvoli haqida ommaviy axborot vositalari (OAV), ijtimoiy tarmoqlar, IIOning rasmiy veb-saytlari, şuningdek, boşqa axborot resurslari orqali, şu jumladan, matbuot anjumanlar, brifinglar, mediaturlar taşkil etiş yöli bilan aholiga muntazam, töliq va tezkor ravişda axborot taqdim etib boriş;

media makoni monitoringini olib boriş va tahlil qiliş, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildiriş, OAV va Internet tarmoğida IIO faoliyatiga aloqador axborotlarni keng jamoatçilikka tarqatiş va yetkaziş işlarni taşkil qiliş;

mahalliy va xorijiy OAV orqali tarqatiş uçun xabar, ma'lumot va boşqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlaş;

IIOning ijobiy imijini şakllantiriş va ilgari suriş, ijtimoiy sörovlar ötkaziş, IIOning faoliyati töğrisida jamoatçilik fikrini, milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini örganiş, dolzarb takliflar işlab çiqiş va ular töğrisida IIO rahbariyatiga axborot berib boriş;

IIOning vakolatiga kiruvçi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda IIVning rasmiy veb-saytlarida joylaştiriş;