O‘zbekiston | 07:52 / 21.05.2020
7750
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 1,2 mlrd dollarga kamaydi

Eksport hajmi 4,4 mlrd AQSh dollariga va import hajmi 6,4 mlrd AQSh dollariga yetdi. Hisobot davrida 1,9 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

2020 yil yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 10,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,2 mlrd AQSh dollariga yoki 10,7 foizga kamaydi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, TSAda eksport hajmi 4,4 mlrd AQSh dollariga (10,6 foizga kamaydi) va import hajmi 6,4 mlrd AQSh dollariga yetdi (10,8 foizga kamaydi). Hisobot davrida 1,9 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston, jahonning 150dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (16,7 foiz), Xitoy Xalq Respublikasida (16,6 foiz), Qozog‘istonda (8,3 foiz), Koreya Respublikasida (7,4 foiz), Turkiyada (5,6 foiz), Qirg‘iziston Respublikasida (2,0 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd etilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (213,7 mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston Respublikasi (138,8 mln. AQSh dollari), Tojikiston (93,7 mln. AQSh dollari), Turkiya (42,8 mln. AQSh dollari), Fransiya (23,6 mln. AQSh dollari) va Eron (8,0 mln. AQSh dollari) shular jumlasidandir. Qolgan 14ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2020 yil yanvar-aprel oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 35,1 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan ulushi 3,1 foizga oshgan.

 

Mavzuga oid