Hayit kunida jamoat transporti butun respublikada bepul bo‘lmaydi – Transport vazirligi
Vazirlikning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Toshkentdan boshqa barcha hududlarda yo‘lovchi tashish xizmati bilan tadbirkorlar shug‘ullanadi. Shuning uchun poytaxtdan tashqari qolgan viloyatlarda Ramazon hayiti kuni yo‘lkira bepul qilinishi tavsiyaviy xarakterga ega.
8 aprel kuni hukumat yig‘ilishida berilgan ma’lumotga tayanib, 10 aprel Ramazon hayiti kunida respublikadagi barcha jamoat transporti 4:00 dan 10:00 gacha bepul qilinishi xabar berilgandi.
Ammo Transport vazirligi kunning bu vaqtlarida faqat Toshkent shahridagi avtobus hamda metrolar yo‘lovchilarga tekin xizmat ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Vazirlik axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatovning Kun.uz’ga aniqlik kiritishicha, butun respublikada jamoat transportining bepul bo‘lishi tavsiyaviy xarakterga ega.
“Chunki Toshkent shahridan boshqa hududlarda yo‘lovchi tashish xizmati bilan xususiy sektor, tadbirkorlar shug‘ullanadi. Ularning hammasi bu [tashabbus]ga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q, buni aniq bilmaymiz. Bugundan [9 apreldan] hududiy boshqarmalarimiz ishlashni boshlaydi, qaysidir tadbirkor rozi bo‘lsa, uni boshqarmalarimiz e’lon qilib boradi”, – dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, poytaxtda davlat tashkilotlari, ya’ni “Toshshahartransxizmat” va Toshkent metropoliteni ishlagani uchun faqat poytaxt kesimida yo‘l haqi bepul bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bayram munosabati bilan 9 aprel kuni soat 17:00 dan 10 aprel kuni soat 17:00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomobillari kirishi va harakati to‘liq cheklanadi.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
19:32 / 30.10.2024
Farg‘onada jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi
15:35 / 21.10.2024
Vena yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Bunda jamoat transportining o‘rni qanday?
18:10 / 19.10.2024