Iqtisodiyot | 13:57 / 01.06.2023
32859
1 daqiqa o‘qiladi

UNG Petro AYoQShlar tarmog‘i xususiylashtiriladi

O‘zbekistondagi eng yirik yoqilg‘i shoxobchalari tarmog‘i bo‘lmish UNG Petro'dagi 100 foizlik davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi. Davaktiv xususiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyasini izlamoqda.

O‘zbekistondagi eng yirik benzin shoxobchalari tarmog‘i – “O‘zbekneftgaz”ga qarashli “UNG Petro” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi xususiylashtiriladi.

31 may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qildi.

Talabgorlardan tijorat takliflarini 2023 yil 11 iyungacha taqdim etishi so‘ralmoqda.

UNG Petro'ni xususiylashtirish prezidentning 2023 yil 24 martdagi qarorida ko‘zda tutilgan. Qarorda korxona O‘zbekiston bo‘ylab 78 ta AYoQShga egalik qilishi ko‘rsatilgan.

2021 yildan keyingi davrda O‘zbekistondagi yirik davlat obektlarini sotishda Deloitte va KPMG  yetakchilik qilgan – katta to‘rtlikka kiruvchi bu ikki xalqaro konsalting kompaniyasi 6 tadan korxonani xususiylashtirishda ishtirok etgan.

Mavzuga oid