Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2026 yilda birorta davlat banki xususiylashtirilmaydi
2030 yil yakunigacha davlatga tegishli 9 ta bankdan 5 tasi xususiylashtiriladi. Joriy yilda davlat banklarini sotish rejalashtirilmagan.
2026 yil O‘zbekistonda birorta ham davlat banki xususiylashtirilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston–2030 strategiyasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda 9 ta bank davlatga tegishli. 2027 yilda ularning soni 7 tagacha, 2028 yilda 6 tagacha, 2029 yilda 5 tagacha, 2030 yilda esa 4 tagacha qisqarishi rejalashtirilgan.
Qayd etish lozim, davlat banklarini xususiylashtirish bo‘yicha bir necha yil oldingi rejalarning katta qismi amalga oshmadi. Xususan, 2022 yilda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov “5 yildan keyin O‘zbekistonda davlatga qarashli faqat bitta bank bo‘lishi”ni aytgan edi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda davlatga tegishli banklar quyidagilar: Milliy bank, Agrobank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank, Aloqabank va Turonbank.
Mavzuga oid
15:40 / 24.06.2026
Soliq qo‘mitasi bank sirlariga keng miqyosda kirish imkoniyatini olmoqchi
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
09:00 / 14.06.2026