Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 9 yoshli bola mashina ichida yonib ketdi
Illyustrativ foto/moiklin.ru
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida fojia yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Beshariq tumanida yashovchi nafaqaxo‘r N.R. “VAZ-2102” rusumli avtomashinada O‘zbekiston tumani Begobod qishlog‘ida joylashgan “Ergashali ustoz Murodov” fermer xo‘jaligiga o‘rik mahsulotini terib olish uchun borib, bog‘ ichiga kirib ketib, birga olib kelgan 9 yoshli nabirasi M.A.ni nazoratsiz qoldirishi oqibatida, u avtomashina salonida bo‘lgan 5 litrlik yelim idishdagi benzin yoqilg‘isini to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgan.
Natijada avtomashina salonida yong‘in sodir bo‘lib, M.A. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan.
Yong‘in shu yerda bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.