Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘oyib bo‘lgan jurnalist mojarosi. Turkiya Saudiya Arabistoni bosh konsulxonasida tintuv o‘tkazmoqchi
Foto: AFP
Turkiya Saudiya Arabistoniga Istanbulda joylashgan mamlakat bosh konsulxonasida tintuv o‘tkazishga ruxsat berishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Press TV xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday murojaat saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining izsiz yo‘qolishi bilan bog‘liq. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, tintuv o‘tkazish iltimosi tufayli Turkiya tomoni Saudiya Arabistonining mamlakat hududidagi elchisini chaqirtirgan.
Jamol Qoshiqchi Ar-Riyoddagi hozirgi siyosatni tanqid qilishi bilan tanilgan. 2017 yilda u vatanidan chiqib ketib, Qo‘shma Shtatlarda joylashdi. Jurnalist muntazam ravishda The Washington Post nashriga maqolalar yozadi. Unda Saudiya Arabistondagi vaziyat va davlatning tashqi siyosati tahlil qilinadi, hukumatning muammoli tomonlari yashirilmaydi va Ar-Riyod tanqid qilinadi. Avvalroq u Saudiya Arabistonidagi Al-Watan gazetasining bosh muharriri bo‘lib ishlagan va Bahraynda joylashgan hamda saudiyalik ishbilarmonlardan biriga tegishli bo‘lgan Al-Arab telekanalini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Washington Post Turkiyada yo‘qolib qolgan saudiyalik jurnalist nomidan bo‘sh sahifa e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026